Notice: Функция _load_textdomain_just_in_time вызвана неправильно. Загрузка перевода для домена goodlayers-core была запущена слишком рано. Обычно это индикатор того, что какой-то код в плагине или теме запускается слишком рано. Переводы должны загружаться при выполнении действия init или позже. Дополнительную информацию можно найти на странице «Отладка в WordPress». (Это сообщение было добавлено в версии 6.7.0.) in /var/www/iteducationlog/data/www/it-education.uz/wp-includes/functions.php on line 6114
Iqtidorli o`quvchilar uchun topshiriqlar — IT-EDUCATION.UZ

Iqtidorli o`quvchilar uchun topshiriqlar

8-SINF  “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN TOPSHIRIQLAR

 

  1. Facebook tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘ting, profil, yangiliklar tizimi, xabarlar va qidiruv bo‘limlari bilan tanishib chiqing.
  2. Brendlarni qanday turlari bor, Facebook tarmog‘ida O‘zbekistonda Siz brend deb hisoblangan kompaniya sahifasini qidirib toping va yangiliklar tasmasini ko‘rib chiqing.
  3. Ijtimoiy media marketingni Facebook tarmog‘ida qanday yuritish mumkin?
  4. YouTube saytidan ro‘yxatdan o‘ting. O‘zingizga yoqqan video rolikni kompyuteringizga yuklab oling.
  5. YouTube va Facebook platformalarini qiyosiy tahlil qiling.
  6. Telegram tarmog‘ida “Privacy and Security” bo‘limidan xavfsizlik tizimi sozlang.
  7. Telegram tarmog‘ida “Settings” bo‘limi orqali yangi papka yarating hamda tilni sozlang.
  8. Instagram tarmog‘ida sahifa oching. Instagramda nashr etilgan xabarlar bilan tanishib chiqing.
  9. Instagram tarmog‘ida do‘stlaringizni yoki turli loyihalarni yurituvchi sahifalarni qidirib toping va a’zo bo‘ling.
  10. SMMni internet tarmog‘ida harakatlantirish bosqichlari haqida ma’lumot bering.
  11. SMM mutaxassisining qanday vazifalari mavjud?
  12. SMM loyihalarni yuritishda raqobatchilarni o‘rganish qanday ahamiyatga ega?
  13. YouTube saytida kanal oching va video joylashtiring.
  14. YouTube saytida videorolik tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?
  15. Facebook tarmog‘ida sahifa oching va sahifani sozlang.
  16. Sahifaga do‘stlaringiz yoki boshqa foydalanuvchilarni taklif eting, ular bilan ma’lumot almashing.
  17. Insights bo‘limi orqali barcha amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib boring va sahifani rivojlantirish uchun yangi g‘oyalaringizni qayd eting.
  18. Telegram tarmog‘ida kanal oching va loyiha mazmunidan kelib chiqib, logotip o‘rnating.
  19. Telegram kanaliga kontentlarni kiritish uchun qo‘shimcha administratorni kiriting.
  20. Loyiha mavzusidan kelib chiqib, mijozlar talab va takliflarini o‘rganish uchun so‘rovnoma yarating.
  21. Telegram tarmog‘ida Quiz Bot orqali test yarating va kanalga joylashtiring.
  22. CMS (kontent) boshqaruv tizimlari haqida ma’lumot bering.
  23. Template nima? Kontent boshqaruv tizimi uchun nimaga kerak?
  24. CMSning qanday kamchilik va afzalliklari bor?
  25. CMS platformalari vazifasizga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
  26. WorpPress platformasi va Joomla platformasini qiyosiy tahlil qiling.
  27. CMS platformasi yordamida qanday ko‘rinishdagi saytlar yaratiladi?
  28. WordPress.com taklif etgan bepul xosting yordamida sayt yarating.
  29. OpenServer rasmiy sayti https://ospanel.io/ orqali kompyuter operatsion tizimiga mos dasturiy ta’minot yuklab oling va o‘rnating.
  30. Maqsadga yo‘naltirilgan sayt platformasi uchun ma’lumotlar bazasini yarating.
  31. WordPress.org manzilidan wordpress platformasini yuklab oling va o‘rnating.
  32. WordPress.com bilan WordPress.orgning farqli jihatlarini tahlil qiling.
  33. WordPressda shablon kodlarini qanday o‘zgartirish mumkin?
  34. Sayt mazmunidan kelib chiqib, sayt mavzusiga mos shablon tanlang va o‘rnating.
  35. Saytning nomi, logotipi hamda dizaynini tahrirlang.
  36. WordPressda web-sayt menyularini shakllantiring. Web-saytdagi joylashuvini belgilang.
  37. WordPressda web-saytni kontentlar bilan to‘ldiring.
  38. LMSning afzallik va kamchiliklarini swot tahlil metodi bilan tahli qiling.
  39. LMS tizimlarida boshqa o‘quvchilar bilan suhbatlashish va hamkorlik qilish mumkinmi?
  40. LMS platformalari qanday prinsip asosida ishlaydi?
  41. CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarga misollar keltiring.
  42. Google Classroom rasmiy saytiga kirib, ma’lumot yig‘ing.
  43. Moodle platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. O‘zingizga yoqqan ixtiyoriy kursni tanlang. Har bir modulda berilgan o‘quv materiallari bilan tanishib chiqing.
  44. Google Classroom platformasida o‘quv kursiga a’zo bo‘ling. Platformadagi o‘quv kursi bilan tanishing.
  45. MOOCning afzallik va kamchiliklarini “Yelpig‘ich” metodi yordamida qiyosiy tahlil qiling.
  46. MOOC platformasida ta’lim olish usullarining qanday turlari mavjud?
  47. Coursera (https://www.coursera.org/) platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. Platforma bilan tanishib chiqing. “Kompyuter” kursida tehsil oling.
  48. Лекториум (https://www.lektorium.tv/) platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. “Kompyuter bilimlari” kursi bilan tanishib chiqing va unda tahsil oling.
  49. EdX (https://www.edx.org/) platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. “Matematika” kursi bilan tanishib chiqing va unda tahsil oling.
  50. Udemy (https://www.edx.org/)  platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. “Axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot” kursi bilan tanishib chiqing va unda tahsil oling.
  1. Freelancerlikning afzallik va kamchiliklarini “Baliq skeleti” metodi yordamida tahlil qiling.
  2. Freelancerlik faoliyatini boshlash bosqichlari nimalardan iborat?
  3. Copyrighterlar qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?
  4. CMSning qanday imkoniyatlari mavjud?
  5. Freelancerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lgan kasblarga qaysi kasblar kiradi?
  6. Upwork (https://upwork.com/) saytidan ro‘yxatdan o‘ting va platforma bilan tanishib chiqing.
  7. Freelancer (https://freelancer.com/) saytidan saytidan ro‘yxatdan o‘ting va platforma bilan tanishib chiqing.
  8. Freelancer saytlarining qiyosiy tahlilini olib boring.
  9. Internet orqali freelancerlik bilan shug‘ullanish uchun nimalarni bilish kerak?
  10. Offlayn  va onlayn texnologiyalarining salbiy va ijobiy tomonlarini tahlil qiling.