Muallif haqida

Isroilova Lola Sunnatovna 1990-yil 22-aprelda Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahrida tug‘ilgan.  2009-2013 yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika-matematika fakultetini Matematika-informatika mutaxassisligi bo‘yicha, 2013-2015 yillarda  Ta’limda axborot texnologiyalari bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tugatgan. 2008-yilda «Kelajak ovozi» tanlovining respublika bosqichida «Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari» yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. 2011-yilda «Mirzo Ulug‘bek» nomli davlat stipendiyasi, 2012-yilda «Kamolot» stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. 2013-2018-yillarda Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida matematika-informatika o‘qituvchisi, 2018-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti «Informatika» kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.  40 dan ortiq ilmiy maqolalar milliy va xorijiy jurnallar chop etilgan. 2022-yil «Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti» nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.  2022-yilda 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini oldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Komilova Shahrizoda Rahmatillo qizi — Matematika va informatika fakulteti 3-bosqich talabasi