8-SINF “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN TOPSHIRIQLAR
Facebook tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘ting, profil, yangiliklar tizimi, xabarlar va qidiruv bo‘limlari bilan tanishib chiqing.
Brendlarni qanday turlari bor, Facebook tarmog‘ida O‘zbekistonda Siz brend deb hisoblangan kompaniya sahifasini qidirib toping va yangiliklar tasmasini ko‘rib chiqing.
Ijtimoiy media marketingni Facebook tarmog‘ida qanday yuritish mumkin?
WordPressda web-saytni kontentlar bilan to‘ldiring.
LMSning afzallik va kamchiliklarini swot tahlil metodi bilan tahli qiling.
LMS tizimlarida boshqa o‘quvchilar bilan suhbatlashish va hamkorlik qilish mumkinmi?
LMS platformalari qanday prinsip asosida ishlaydi?
CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarga misollar keltiring.
Google Classroom rasmiy saytiga kirib, ma’lumot yig‘ing.
Moodle platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. O‘zingizga yoqqan ixtiyoriy kursni tanlang. Har bir modulda berilgan o‘quv materiallari bilan tanishib chiqing.
Google Classroom platformasida o‘quv kursiga a’zo bo‘ling. Platformadagi o‘quv kursi bilan tanishing.
MOOCning afzallik va kamchiliklarini “Yelpig‘ich” metodi yordamida qiyosiy tahlil qiling.
MOOC platformasida ta’lim olish usullarining qanday turlari mavjud?
Лекториум (https://www.lektorium.tv/) platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. “Kompyuter bilimlari” kursi bilan tanishib chiqing va unda tahsil oling.
EdX (https://www.edx.org/) platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. “Matematika” kursi bilan tanishib chiqing va unda tahsil oling.
Udemy (https://www.edx.org/) platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. “Axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot” kursi bilan tanishib chiqing va unda tahsil oling.
Freelancerlikning afzallik va kamchiliklarini “Baliq skeleti” metodi yordamida tahlil qiling.
Freelancerlik faoliyatini boshlash bosqichlari nimalardan iborat?
Copyrighterlar qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?
CMSning qanday imkoniyatlari mavjud?
Freelancerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lgan kasblarga qaysi kasblar kiradi?
Upwork (https://upwork.com/) saytidan ro‘yxatdan o‘ting va platforma bilan tanishib chiqing.
Freelancer (https://freelancer.com/) saytidan saytidan ro‘yxatdan o‘ting va platforma bilan tanishib chiqing.
Freelancer saytlarining qiyosiy tahlilini olib boring.
Internet orqali freelancerlik bilan shug‘ullanish uchun nimalarni bilish kerak?
Offlayn va onlayn texnologiyalarining salbiy va ijobiy tomonlarini tahlil qiling.